YLB LOGO 2019 X72
ООО "Yo'l Loyiha Byurosi"
Дорожный проектный институт
RU
EN UZ
slide 2
slide 1
/
2
/
2
Главная/Новости/Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

657

strategiya

"Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 14 yanvarga qadar 43 mingdan ortiq ko‘rilgan, 525 ta taklif bildirilgan. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O’rinboeva ma’lum qildi.

 

Olib borilgan qizg‘in va jiddiy muhokamalar asnosida faqatgina elektron platformalar orqali jami 17 535 ta taklif, shu jumladan, «Taraqqiyot strategiyasi» markazining 2022-2026.strategy.uz maxsus veb-saytiga jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan davrdan to 2022 yilning 15 yanvar kuniga qadar jami 15 028 ta, jamoatchilik.uz veb-saytiga jami 1 148 ta, regulation.gov.uz veb-saytiga jami 525 ta, @YangiTaraqqiyotStrategiyasi va @dscuzbekistan telegramm kanallari orqali 834 ta taklif kelib tushdi.

Loyihada ko‘p sohalar bo‘yicha yangi tartib-qoidalar, xususan aholi va tadbirkorlar uchun yengiliklar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatidagi o‘zgarishlar, davlat boshqaruvi organlari faoliyatini transformatsiya qilish borasidagi yangi islohotlar o‘z aksini topgan.

Jumladan, davlat boshqaruvi organlarining “Davlat – inson uchun” tamoyili asosida hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarni rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratiladi.

Unga ko‘ra, 2022 yil 1 iyuldan boshlab:

barcha bo‘g‘indagi davlat boshqaruvi organlarining bir yillik ish dasturini, shu jumladan jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqish, ularning ijro holatini doimiy e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ijro etilishi jarayonini jamoatchilik tomonidan kuzatib borish tizimi yaratiladi;

Bundan tashqari, loyihada xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni so‘zsiz ta’minlash borasida ham muhim rejalar belgilangan.

Xususan:

- mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar bilan bog‘liq barcha ma’muriy hujjatlarni qat’iy ravishda faqat sud tartibida bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish amaliyotini joriy etish;

- iqtisodiy sudlarda mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan regressiv (kamayib boruvchi) davlat boji stavkalarini qo‘llash;

- davlat idorasining rasmiy ma’lumotiga ishonib mol-mulk sotib olgan shaxsning huquqini himoya qilish tizimini joriy etish;

- insofli egallovchining mulkiy huquqlarini kafolatlash va mulkdorning buzilgan huquqlarini tiklashning moliyaviy mexanizmlarini qo‘llash tartiblarini joriy qilish belgilanmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Farmonning qabul qilinishi natijasida kelgusi yillarda 7 ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalar belgilab olinadi va xalqimiz faravonligi, yurtimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshiriladigan islohotlar keng ko‘lamda davom ettiriladi.

Контакты:
г.Ташкент, М.Улугбекский р-н, ул.Мустакиллик 68а
Руководители:

Врио генерального директора:

Джураев Азиз Абдикаримович. Приемный  день: четверг - с 14:00  до 16:00

1-Заместитель директора и главный инженер:

Мухутдинов Ғуломхўжа Фазлиддин ўғли. Приемный  день: пятница - с 14:00  до 16:00 

Заместитель генерального директора по финансово-внешнеэкономическим связям:

Акилов Сардор Фуркатович. Приемный  день: среда - с 14:00  до 16:00 

Главный инженер: 

Мухутдинов Ғуломхўжа Фазлиддин ўғли. Приемный  день: среда- с 14:00  до 16:00

Форма обратной связи
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя:*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
E-mail:*
это поле обязательно для заполнения
Область ввода:*
Отправляя заявку, Вы принимаете политику конфиденциальности
Спасибо! Форма отправлена